KORXONALARDA MOLIYAVIY REJALASHTIRISHDA QO‘LLANILADIGAN MODEL VA USULLAR
Keywords:
Kalit so‘zlar: moliyaviy rejalashtirish, model, usul, iqtisodiy-matematik modellashtirish, stsenariyli yondashuv, imitatsion modellashtirish, moliyaviy barqarorlik.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada korxonalarda moliyaviy rejalashtirish jarayonida qo‘llaniladigan model va usullar tizimli tahlil qilinadi. Moliyaviy rejalashtirishning samaradorligini oshirishda an’anaviy va zamonaviy yondashuvlarning ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Tadqiqotda normativ, balansli, iqtisodiy-matematik, stsenariyli va imitatsion modellashtirish usullarining mohiyati hamda ularning amaliyotda qo‘llanish imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, xorijiy tajriba asosida moliyaviy rejalashtirishning ilg‘or amaliyotlari o‘rganilib, ularni mahalliy sharoitlarda qo‘llash istiqbollari tahlil etiladi. Olingan natijalar korxonalarda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, resurslardan samarali foydalanish va strategik rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.