BOLALARDA GEMORRAGIK VASKULITNING KLINIK-STATISTIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
Gemorragik vaskulit, Shenleyn–Genox kasalligi, IgA-vaskulit, bolalar kasalliklari, pediatriya, immun-yallig‘lanish kasalliklari, klinik-statistik tahlil.Abstract
Gemorragik vaskulit (Shenleyn–Genox kasalligi, IgA-vaskulit) bolalar yoshida uchraydigan eng muhim tizimli immun-yallig‘lanish kasalliklaridan biri hisoblanadi. Ushbu kasallik kichik kalibrli qon tomirlarining aseptik yallig‘lanishi va immun komplekslarning tomir devorlariga cho‘kishi bilan tavsiflanadi. Mazkur tadqiqot Toshkent shahar 3-son bolalar klinik shifoxonasida gemorragik vaskulit bilan statsionar davolangan bolalar misolida o‘tkazildi. Tadqiqot davomida bemorlarning yosh va jins bo‘yicha taqsimlanishi, kasallikning klinik kechishi, asoratlari hamda statsionar davolanish muddati tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, kasallik eng ko‘p 5–9 yosh guruhida uchraydi (36%) hamda o‘g‘il bolalarda biroz ustunlik kuzatiladi (55%). Kasallik ko‘pchilik hollarda o‘rtacha og‘irlik darajasida kechadi (45%), asosiy klinik belgisi esa terida gemorragik toshmalar hisoblanadi (47,5%). Tadqiqot natijalari gemorragik vaskulitni erta aniqlash, yuqori xavf guruhlarini aniqlash hamda pediatrik amaliyotda kasallikni boshqarish strategiyasini takomillashtirishga xizmat qiladi.