RAQAMLI TA’LIM VOSITALARI ASOSIDA FIZIKA O‘QITUVCHILARINING MAXSUS KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI.

Authors

  • Muhammadova Dilafruz Axmatovna Author

Keywords:

Kalit so’z: Maxsus kompetentlik, fizika ta’limi, raqamli ta’lim vositalari, virtual laboratoriya, modellashtirish, interfaol kommunikatsiya, didaktik natijadorlik, AR va VR texnologiyalari, geymifikatsiya, LMS platformalari.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarining maxsus kompetentligini rivojlantirishda raqamli ta’lim vositalarining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda maxsus kompetentlikning tarkibiy elementlari, jumladan, fan mazmuniy, amaliy-laboratoriya, metodik, raqamli-pedagogik hamda innovatsion kompetentlik turlari tahlil qilingan. Shuningdek, fizik jarayonlarni modellashtirish, virtual laboratoriyalar, AR/VR texnologiyalari va LMS platformalarining dars samaradorligini oshirishdagi didaktik imkoniyatlari asoslab berilgan. Maqolada pedagoglarning konservativ yondashuvlardan voz kechib, raqamli muhitda metodologik loyihalash mahoratini oshirish zaruriyati ta’kidlanadi.

Published

2026-03-10