BANKLAR FAOLIYATIDA KREDIT RISKLARINI PASAYTIRISHDA MIJOZLARNING KREDITGA LAYOQATLILIGI VA UNI BELGILOVCHI MEZONLAR

Authors

  • Ashurov Asror Rahmatullayevich Author

Abstract

Kredit mexanizmining muhim elementlaridan biri bu – mijozning kreditga layoqatliligidir.  Korxonalarning kreditga layoqatliligini hisobga olganholda kredit berish, kreditni oʻz vaqtida qaytarishning muhim shartidir. Bank va mijoz oʻrtasida yuzaga keladigan kredit munosabatlarda bank tomonidan kredit mablagʻlarining mijozlarga shartnoma shartlari asosida oʻz vaqtida etkazilishini koʻzda tutsa, mijoz tomonidan avvlo kredit olish va uni oʻz vaqtida toʻlashga layoqatli boʻlish hamda olingan kreditlarni oʻz vaqtida toʻlashni talab qiladi. Odatda bank va mijoz oʻrtasidagi kredit munosabatlar bir tomondan, bankda  kredit resurslarning mavjudligiga va ikkinchi tomondan, mijozning kreditni olishga layoqatli  ekanligiga asoslanadi. Avvalo kreditga layoqatlilik tushunchasiga toʻxtaladigan boʻlsak, kreditga layoqatlilik koʻrsatkichlari va ular boʻyicha bank tomonidan qabul qilingan qaror bankning mijozni kreditlashining asosini tashkil etadi. 

Published

2026-03-10