EKOTA’SIR: UMUMTA’LIM MAKTAB O‘QUVCHILARIDA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH BO‘YICHA TA’LIM LOYIHASI

Authors

  • F.S. Meliboyeva Author
  • R.A. Solijonova Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: ekologik ta’lim, ekologik madaniyat, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik ong, ta’lim loyihasi, barqaror rivojlanish., Keywords: environmental education, ecological culture, environmental protection, ecological awareness, educational project, sustainable development.

Abstract

Annotatsiya.  Mazkur maqolada umumta’lim maktab o‘quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga oid bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan “Ekota’sir” ta’lim loyihasining mazmuni, maqsadi va pedagogik ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot jarayonida ekologik ta’limning interaktiv metodlari, loyiha asosida o‘qitish texnologiyasi hamda o‘quvchilarning amaliy ekologik faoliyatini tashkil etish masalalari tahlil qilindi. Loyiha asosida tashkil etilgan ta’lim faoliyati o‘quvchilarda ekologik tafakkur, tabiatga mas’uliyatli munosabat va barqaror rivojlanish tamoyillarini anglash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilishi ilmiy jihatdan asoslab berildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ekologik ta’lim loyihalari asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarning ekologik muammolarni anglash darajasini oshirib, ularni tabiatni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan amaliy faoliyatga jalb etishda samarali pedagogik vosita hisoblanadi.

Published

2026-03-11