SINTETIK DIZEL YOQILG‘ILARI UCHUN AZOT SAQLOVCHI QO‘SHIMCHALARINI SINTEZ QILISH VA ULARNING KORROZIYA JARAYONLARIGA TA’SIR MEXANIZMINI O‘RGANISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: kam oltingugurtli dizel, sintetik dizel yoqilg‘isi, azot saqlovchi prisadka, korroziya tezligi, gravimetrik tahlil, adsorbsion himoya qatlami, dizel qo‘shimchalari, sirt-faol birikmalar.Abstract
Annotatsiya. Ushbu tadqiqot ishida kam oltingugurtli dizel yoqilg‘ilarining tribologik va korroziyaviy xossalarini yaxshilash maqsadida azot saqlovchi sintetik prisadka sintez qilindi va kompleks ravishda o‘rganildi. Olingan mahsulot (Shimadzu) spektroskopiyasi orqali identifikatsiya qilindi; spektrda 1680-1635 cm⁻¹ IQ(Amid I), 1540–1510 cm⁻¹ (Amid II) hamda 1700–1730 cm⁻¹ (karbamat C=O) sohalarida xarakterli yutilishlar qayd etildi. Fizik-kimyoviy tahlillar moddaning yuqori lipofilligi (ρ = 0,93–0,98 g·cm⁻³; Tm = 68–82 °C) va dizel muhitlarida 1–10 mass.% oralig‘ida eruvchanligini ko‘rsatdi. Gravimetrik usulda aniqlangan korroziya tezligi ingibitorsiz muhitdagi 4,91×10⁻¹ g·m⁻²·s⁻¹ dan 10⁻² g·m⁻²·s⁻¹ darajagacha kamaydi, himoya samaradorligi 90,8–91,75 % ni tashkil etdi. Natijalar SDa-1 prisadkasining sintetik dizel yoqilg‘isida samarali sirt-aktiv va korroziyaga qarshi qo‘shimcha ekanini tasdiqlaydi.