ERKIN IQTISODIY ZONALARNING MINTAQAVIY TASHKIL ETILISHIDA JAHON DAVLATLARI TAJRIBASI

Authors

  • Abdiyev Alimardon Chorshanbiyevich Author
  • Shamsiyeva Ruxsora Nasirovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: erkin iqtisodiy zonalar, jahon tajribasi, mintaqaviy rivojlanish, xorijiy investitsiyalar, logistika xizmatlari, innovatsion iqtisodiyot, iqtisodiy integratsiya.

Abstract

Annotatsiya. Mazkur maqolada erkin iqtisodiy zonalarning mintaqaviy iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni va ahamiyati jahon davlatlari tajribasi asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari va Janubiy Koreya davlatlarida tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalar faoliyati, ularning iqtisodiy samaradorligi hamda hududiy rivojlanishga ta’siri o‘rganilgan. Ushbu mamlakatlarda erkin iqtisodiy zonalar orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish, logistika va xizmatlar sektorini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan iqtisodiy mexanizmlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, erkin iqtisodiy zonalar hududiy iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, innovatsiyalarni joriy etish hamda eksport salohiyatini oshirishda muhim instrument hisoblanadi. Jahon tajribasini o‘rganish va uni milliy iqtisodiyot sharoitlariga moslashtirish iqtisodiy rivojlanish strategiyasini takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.

Published

2026-03-11