CAYMAN OROLLARI OFFSHORE MOLIYAVI MARKAZI.
Keywords:
Kalit so’zlar: Moliyaviy markaz, soliq imtiyozlari, eksport, import, foiz stavkasi, aktiv, fond, investitsiya portfeli, daromad solig‘i.Abstract
Ushbu tezisda, Cayman orollarining moliyaviy xizmatlar sohasi, bank va sug‘urta sektorlari, shuningdek, xususiy kapitalni jalb qilishdagi roli va uning global moliya oqimlariga ta’siri yoritib berilgan va tahlil qilingan. Tadqiqot davomida mamlakatning qulay soliq muhiti, barqaror huquqiy tizimi va rivojlangan moliyaviy infratuzilmasi uning offshore markaz sifatida muvaffaqiyatini ta’minlaydigan asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, tezisda offshore moliyaviy markazlarning shaffoflik va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar kabi muammolari ham ko‘rib chiqiladi. Natijada, tezisda Cayman orollarining global moliya tizimidagi o‘rni, uning iqtisodiy samaradorligi va xalqaro investitsiya jarayonlaridagi ahamiyatini aniqroq tushunishga yordam beradi. Cayman orollari offshore moliyaviy markaz sifatida global moliya tizimida muhim strategik o‘rin egallaydi.