XORIJIY VA MAHALLIY KARTOSHKA NAVLARINING FIZIOLOGIK VA MAHSULDORLIK KO‘RSATKICHLARIGA NAMLIK DARAJALARI TA’SIRINI BAHOLASH

Authors

  • Zoyirova Shaxnoza Umarovna Author

Abstract

Mavzuning dolzarbligi. Kartoshka (Solanum tuberosum L.) dunyo bo‘yicha eng muhim oziq-ovqat ekinlaridan biri hisoblanadi va uning hosildorligi ko‘p jihatdan agroiqlimiy omillarga, ayniqsa tuproq namligiga bog‘liq. Suv yetishmovchiligi o‘simlik organizmida kechadigan asosiy fiziologik jarayonlar, jumladan fotosintez, transpiratsiya va modda almashinuviga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston sharoitida iqlimning quruq va keskin kontinental bo‘lishi sababli kartoshka yetishtirishda optimal sug‘orish rejimini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, mahalliy va xorijiy navlarning namlikka nisbatan reaksiyasini o‘rganish ilmiy jihatdan dolzarb bo‘lib, ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi turli namlik darajalarida kartoshka navlarining fiziologik va mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini baholashdan iboratdir.

Published

2026-04-08