GIDROABRAZIV MUHITDA ISHLOVCHI NASOS DETALI UCHUN YUQORI XROMLI OQ CHO‘YANNING TARKIBINI OPTIMALLASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI.
Keywords:
Kalit so‘zlar. yuqori xromli oq cho‘yan, gidroabraziv muhit, pulpa, fazalararo chegara, Cr/C nisbat, yeyilish.Abstract
Annotatsiya. Gidroabraziv muhitda ishlovchi nasos ishchi qismlarida qo‘llaniladigan yuqori xromli oq cho‘yanlarning tarkibini optimallashtirishning nazariy asoslari tahlil qilinadi. Pulpa tarkibidagi qattiq zarrachalar va agressiv suyuqlik ta’sirida mexanik yeyilish va korroziya jarayonlarining o‘zaro kuchayishi ko‘rsatib beriladi.Fe–Cr–C tizimidagi fazaviy o‘zgarishlar, karbid hosil bo‘lish mexanizmi hamda matritsadagi erkin xrom miqdorining korroziyabardoshlikka ta’siri asoslanadi. Karbid hajm ulushi va matritsa fazasi o‘rtasidagi optimal muvozanat gidroabraziv sharoitda xizmat muddatini oshirishning muhim omillaridan biri ekanligi aniqlanadi.
Downloads
Published
2026-04-09