UY-JOY QURILISHI SOHASIDA INVESTITSIYA JARAYONLARINI BOSHQARISHNING ZAMONAVIY TASHKILIY-IQTISODIY YONDASHUVLARI

Authors

  • Atadjanova Feruza Sadriddinovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: uy-joy qurilishi, investitsiyalarni boshqarish, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, hududiy rivojlanish, risklarni boshqarish, energiya pasporti, prognozlash, Toshkent shahri.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada Toshkent shahri misolida uy-joy qurilishi sohasida investitsiyalarni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi uy-joyga bo‘lgan talabning ortib borishi, investitsiya resurslaridan samarali foydalanish zarurati, qurilish infratuzilmasidagi muammolar hamda hududiy boshqaruv samaradorligini oshirish ehtiyoji bilan belgilanadi. Tadqiqotda abstrakt-mantiqiy fikrlash, statistik va iqtisodiy tahlil, tizimli yondashuv, iqtisodiy-matematik modellashtirish hamda sotsiologik anketa usullaridan foydalanilgan. Natijalarda uy-joy qurilishida investitsiya jarayonini samarali boshqarish tushunchasi takomillashtirildi, moliyaviy “traffic light” reyting tizimi asoslandi, yangi quriladigan uy-joylar uchun “energiya pasporti” joriy etish taklifi ishlab chiqildi hamda Toshkent shahrida asosiy kapitalga investitsiyalar, bajarilgan qurilish ishlari va ishga tushiriladigan uy-joylar bo‘yicha 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlar shakllantirildi. Tadqiqot natijalari hududiy investitsiya siyosatini takomillashtirish, risklarni kamaytirish va uy-joy qurilishi loyihalarining barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.

Published

2026-04-10