DORIS LESSINGNING “QUDUQDAGI JIMJIT JARYOD”, “LUSI GRENCH” VA “SO‘ROQDAGI ONA” QISQA HIKOYALARIDA TIMSOL, RAMZ VA ARXETIPLARNING BADIIY-FUNKSIONAL TALQINI”

Authors

  • Davlatova Vazira Otabek qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: timsol, ramz, arxetip, psixologik realizm, qisqa hikoya, ramziy talqin, arxetipik struktura, badiiy-funksional tahlil, qahramon ruhiyati, ijtimoiy adolatsizlik, semantik qatlam.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqola Doris Lessingning “Quduqdagi Jimjit Faryod”, “Lusi Grench” va “So‘roqdagi ona” qisqa hikoyalarida timsol, ramz va arxetiplarning badiiy-funksional talqini masalasini o‘rganadi. Tadqiqot timsol, ramz va arxetip tushunchalarining adabiyotshunoslikdagi farqlari, ularning asardagi ma’nosi va funksiyasini tahlil qiladi. Timsol aniq predmet orqali qahramon ruhiyatini ochsa, ramz ko‘p qatlamli, yashirin ma’no beruvchi obraz sifatida namoyon bo‘ladi, arxetip esa insoniyat kollektiv ongiga oid universal timsoldir. Maqolada har bir hikoya misol qilib keltirilib, qahramonlarning ichki dunyosi, ijtimoiy muhit va psixologik jarayonlarining timsoliy va ramziy ifodasi yoritiladi. Shuningdek, arxetiplar orqali qisqa hikoyalar umuminsoniy mazmun bilan boyitilib, adabiy va estetik qatlamlar kengaytiriladi. Tadqiqot Lessing ijodidagi badiiy vositalarning psixologik realizm, ijtimoiy tanqid va semantik chuqurlik yaratishdagi ahamiyatini ko‘rsatadi.

Published

2026-04-10