MUSIQA TA’LIMIDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV VA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING NAZARIY ASOSLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: musiqa ta’limi, kompetensiyaviy yondashuv, pedagogik texnologiyalar, zamonaviy ta’lim, innovatsion texnologiyalar, o‘qituvchi, o‘quvchi, estetik tarbiya, amaliy ko‘nikma.Abstract
Annotatsiya: Musiqa ta’limining jamiyat hayotidagi o‘rni yuksak ahamiyat kasb etadi. Musiqa insonning estetik dunyoqarashini kengaytiradi, uning hissiy faoliyatini, ijodkorlik salohiyatini shakllantiradi. Shu bois musiqa ta’limi jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish, yangi metod va yondashuvlar asosida yoshlarda kompetensiyalarni shakllantirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etdi. Yangi pedagogik g‘oyalar, ta’lim tizimidagi islohotlar jarayonida kompetensiyaviy yondashuvning ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni va roli tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantiruvchi, mustaqil fikrlash malakasi va dunyoqarashini kengaytiruvchi kompetensiyaviy yondashuv zamonaviy ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.