BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MUSIQIY-RITMIK FAOLIYAT ORQALI TA’LIMIY MOTIVATSIYANI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Authors

  • Axmedova Shirin Farxod qizi Author
  • N.I.Rejametova Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: boshlang‘ich sinf, musiqiy-ritmik faoliyat, ta’limiy motivatsiya, nazariy asoslar, pedagogik texnologiya, motivatsion muhit, bola psixologiyasi.

Abstract

Annotatsiya: Musiqa va ritm inson hayotining ajralmas qismi bo‘lib, inson ongi va qalbiga samarali ta’sir ko‘rsatadigan tarbiyaviy, estetik va ijtimoiy kuchga ega. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun musiqiy-ritmik faoliyat ta’lim jarayonining ajralmas, muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Bolalar hayotining ushbu bosqichida musiqiy-ritmik faoliyat ta’limiy motivatsiyani shakllantirish, o‘quvchilarning faolligini oshirish hamda ularda ijobiy psixologik muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir bola musiqiy-ritmik faoliyatda o‘z qobiliyatlarini yuzaga chiqaradi, o‘zini erkin va ishonchli his qilishga intiladi, individual salohiyatini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunday yondashuv orqali bola tafakkuri, estetik didi, nutqi va harakat koordinatsiyasi uyg‘unlikda shakllanadi.

Published

2026-04-10