O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI VA SIFAT STANDARTLARI (HACCP TAMOYILLARI, ISO 22000 TALABLARI) TUTGAN O‘RNI
Abstract
Oziq‑ovqat xavfsizligi jamiyat salomatligi, iste’molchilarga ishonch hamda milliy iqtisodiyotning barqarorligi uchun asosiy mezon hisoblanadi. Bu sohani huquqiy tartibga solish, standartlashtirish va nazorat mexanizmlari orqali ta’minlash davlat va biznes subyektlari faoliyatida muhim o‘rin egallaydi. 2025‑yil 3‑fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ‑1023‑sonli “Oziq‑ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni oziq‑ovqat xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy hujjat bo‘lib [1], uning maqsadi xavfsiz oziq‑ovqat bilan aholining barqaror ta’minlanishini ta’minlashdir. Ushbu qonun doirasida davlat siyosati, vazirliklar vakolatlari va nazorat mexanizmlari mustahkamlab qo‘yilgan.
Downloads
Published
2026-04-10