HACCP TIZIMINI SUT ISHLAB CHIQARISHDA JORIY ETISH
Abstract
Sut sanoati global oziq-ovqat bozorida eng muhim tarmoqlardan biri bo‘lib, u millionlab iste’molchilarning har kuni iste’mol qiladigan mahsulotlarni taqdim etadi. Shu sababli sut va sut mahsulotlarining xavfsizligi, sifat va sanitariya holati nafaqat sog‘liqni saqlash, balki iqtisodiy barqarorlik va milliy eksport salohiyatini taʼminlashda ham hal qiluvchi omil hisoblanadi. Sut va unga asoslangan mahsulotlar mikrobiologik, kimyoviy va fizik xavflarga juda moyil bo‘lishi mumkin, masalan, Salmonella, E. coli yoki Listeria kabi patogen mikroorganizmlar orqali ifloslanish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Ana shunday xavflarni aniqlash va oldini olish uchun HACCP (Hazard Analysis and Critical Control Points) tizimi sanoatdagi eng samarali yondashuvlardan biri sifatida qo‘llaniladi. HACCP tizimi mahsulot xavfsizligini oshirishda profilaktik, tizimli va ilmiy asoslangan yondashuvni taklif etadi [1].