LOGISTIKA KORXONALARIDA BARQARORLIK INDIKATORLARI VA SAMARADORLIKNI ANIQLASH MODELI

Authors

  • Z. Teshayev Author

Keywords:

Kalit so’zlari. Logistik xizmatlar, barqarorlik indikatorlari, ta’minot zanjiri boshqaruvi, mintaqaviy iqtisodiyot, infratuzilma rivoji, logistika samaradorligi, transport va ombor tizimlari, resurslar taqsimoti, eksport-import jarayonlari, logistika korxonalari barqarorligi.

Abstract

Annotatsiya. Zamonaviy iqtisodiyotda logistik xizmatlar sohasi transport, ombor xo‘jaligi va ta’minot zanjiri boshqaruvidan tashqari, ishlab chiqarish, savdo hamda eksport-import jarayonlarining uzviy integratsiyasini ta’minlovchi strategik tizim sifatida shakllanib bormoqda. Bunday sharoitda logistik xizmat ko‘rsatish korxonalarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash, ularning iqtisodiy samaradorligini baholash va rivojlanish tendensiyalarini aniqlash uchun ilmiy asoslangan indikatorlar tizimini yaratish dolzarb vazifaga aylanmoqda. Ayniqsa, mintaqaviy iqtisodiyotda ishlab chiqarishning hududlar bo‘yicha nomutanosib rivojlanishi, infratuzilma imkoniyatlarining farqlanishi hamda resurslar taqsimotidagi tafovutlar logistik xizmatlar barqarorligini baholashning kompleks yondashuvini talab etadi. Mazkur maqolada logistik xizmat ko‘rsatish korxonalarining barqarorligini aniqlovchi asosiy omillar tahlil qilinadi, baholash indikatorlarini shakllantirish tamoyillari asoslanadi va mintaqaviy sharoitda ularning qo‘llanish samaradorligi yoritib beriladi.

Published

2026-04-11