ANIQ FANLAR BO‘YICHA O‘QUVCHILAR BILIMINI BAHOLASH MEZONLARI: MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR
Keywords:
Kalit so‘zlar: aniq fanlar, baholash mezoni, formativ baholash, summativ baholash, PISA, TIMSS, pedagogik texnologiya, kognitiv faoliyat.Abstract
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida aniq fanlar (matematika, fizika, informatika) bo‘yicha o‘quvchilar bilimini baholashning zamonaviy yondashuvlari va mezonlari tahlil qilinadi. O‘zbekiston ta’lim tizimida amalda bo‘lgan 5 ballik baholash tizimi, formativ va summativ baholashning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, PISA va TIMSS kabi xalqaro baholash dasturlarining asosiy mezonlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida aniq fanlar bo‘yicha baholash mezonlarini takomillashtirish, o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash va amaliy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.
Downloads
Published
2026-04-11