AKT TERMINOLOGIYASINING XUSUSIYATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: AKT, terminologiya xususiyatlari, raqamli texnologiyalar, xalqaro andoza, qisqartma, universallik, moslashtirish.Abstract
Annotatsiya: Zamonaviy dunyo insoniyat oldiga ilgari kuzatilmagan yangi ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy muammolarni qo‘ymoqda. Bu muammolarni hal qilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ya’ni AKTning ulkan ahamiyati yaqqol ko‘zga tashlanadi. Keng miqyosda jamiyat hayotiga kirib kelayotgan raqamli muhit, virtual platformalar, axborot tizimlari va zamonaviy xizmatlar AKT terminologiyasining shakllanish jarayonlarini tezlashtirmoqda. Bugungi jamiyatda har bir soha, jumladan ta’lim, ishlab chiqarish, tibbiyot, ijtimoiy xizmatlar va boshqa yo‘nalishlar AKT atamalari yordamida rivojlanmoqda va o‘z taraqqiyotida yangi bosqich sari harakat qilmoqda. Shu boisdan AKT terminologiyasining xususiyatlari va ularning imkoniyatlariga doir tadqiqotlar o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etadi.