ELEKTRON HUJJAT AYLANISHIDA AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING HUQUQIY VA TEXNOLOGIK ASOSLARI
Keywords:
Kalit so’zlar: elektron hujjat aylanishi, axborot xavfsizligi, elektron raqamli imzo, kiberxavfsizlik, shaxsga doir ma’lumotlar, muhim axborot infratuzilmasi, kriptografik himoya.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada O’zbekiston Respublikasida elektron hujjat aylanishi tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashning huquqiy va texnologik mexanizmlari tahlil qilinadi. Milliy qonunchilikdagi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar — “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida”, “Elektron raqamli imzo to’g’risida”, “Kiberxavfsizlik to’g’risida” hamda “Shaxsga doir ma’lumotlar to’g’risida”gi qonunlar, shuningdek 2026-2030-yillarga mo’ljallangan Kiberxavfsizlik strategiyasini tasdiqlagan Prezident farmonini chuqur o’rganildi. Maqolada xavfsizlik tahdidlari, kriptografik himoya, elektron raqamli imzo infratuzilmasi, shaxsiy ma’lumotlarning himoyasi va muhim axborot infratuzilmasini muhofaza qilish masalalari yoritilgan hamda tizimga amaliy tavsiyalar berilgan.