TA'LIM AL-MUTA'ALLIM ASARINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI

Authors

  • TO‘RAYEV DAVRONBEK REYIMBERGANOVICH Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Burhoniddin Zarnujiy, “Ta’lim al-muta’allim”, ilm olish odobi, ustoz-shogird an’anasi, ma’naviy tarbiya, pedagogik meros, zamonaviy ta’lim, axloqiy kamolot.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada Burhoniddin Zarnujiyning “Ta’lim al-muta’allim tariq at-ta’allum” asarida ilgari surilgan ilm olish odobi, ustoz-shogird munosabatlari, ta’lim jarayonida niyat, intizom, sabr, vaqtni qadrlash va axloqiy mas’uliyat kabi masalalarning bugungi kundagi ahamiyati tahlil qilinadi. Asarda bayon etilgan pedagogik qarashlar zamonaviy ta’lim tizimida ham o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda. Xususan, bilim olishni ma’naviy kamolot bilan bog‘lash, o‘quvchida mas’uliyat hissini shakllantirish, ustozga hurmat va ilmga ixlos bilan yondashish kabi g‘oyalar bugungi yosh avlod tarbiyasida muhim nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada “Ta’lim al-muta’allim” asarining tarixiy-ma’rifiy mazmuni hamda uning zamonaviy pedagogika bilan uyg‘un jihatlari yoritiladi.

Published

2026-05-04