TURIZM TARMOG'IDA MEHNAT BOZORI VA KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH TIZIMI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Turizm, mehnat bozori, kadrlar malakasi, kasbiy rivojlanish, innovatsion o‘qitish, raqamli texnologiyalar, xalqaro tajriba, integratsiya, ta’lim va ishlab chiqarish, sertifikatlash, xizmat ko‘rsatish sifati.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqola turizm tarmog‘ida mehnat bozori va kadrlar malakasini oshirish tizimini ilmiy jihatdan tahlil qiladi. Unda bugungi turizm sanoati rivojlanish jarayonida yuzaga kelayotgan yangi mehnat munosabatlari, malakali kadrlar tayyorlash, ularni doimiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va zamonaviy o‘quv-uslubiy jarayonlar keng yoritilgan. Maqolada turizm va servis sohasining dolzarb kadrlari, mehnat bozori ehtiyojlari, ta’lim muassasalari, kasbiy-iqtisodiy hamda innovatsion rivojlanish yo‘nalishlari, xalqaro tajribalar, malaka oshirishda zamonaviy yondashuvlar, xodimlarning uzluksiz rivojlanishini ta’minlovchi uslublar haqida fikr yuritiladi. Tadqiqot natijalarida turizm tarmog‘ida yuqori samaradorlikka erishishda o‘ziga xos xususiyatlarga asoslangan tavsiyalar va xulosalar beriladi.