RAQAMLI TA’LIMDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KOMMUNIKATIV FAOLIYATINI TASHKIL ETISH: TRENING VA SITUATSION TOPSHIRIQLAR TIZIMI
Keywords:
Kalit so‘zlar: raqamli ta’lim, kommunikativ faoliyat, bo‘lajak o‘qituvchi, trening, situatsion topshiriq, case-study, pedagogik muloqot, elektron platforma, refleksiya, teskari aloqa.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ faoliyatini samarali tashkil etish masalalari yoritilgan. Raqamli ta’lim muhiti o‘qituvchining kommunikativ faoliyatini an’anaviy shakldan farqli ravishda yangi vositalar va metodlar asosida amalga oshirishni talab qiladi. Shu sababli bo‘lajak o‘qituvchilarning muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda trening mashg‘ulotlari va situatsion topshiriqlar tizimini ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi. Tadqiqotda kommunikativ faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan trening mashg‘ulotlari mazmuni, metodik asoslari hamda situatsion topshiriqlar tizimi taklif etilgan. Shuningdek, ularning didaktik imkoniyatlari tahlil qilinib, samaradorligi ilmiy asoslangan.
Downloads
Published
2026-05-05