MINTAQAVIY SANOATNI TARKIBIY JIHATDAN TAKOMILLASHTIRISH VA UNING HUDUD IQTISODIYOTIGA TA’SIRI

Authors

  • Srajidinova Nodira Shavkatovna Author

Abstract

Zamonaviy global iqtisodiyot sharoitida sanoat tuzilmasining bir yo‘nalishga haddan tashqari ixtisoslashuvi hududiy iqtisodiy barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bois, mintaqa sanoat tuzilmasini diversifikatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirish iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Diversifikatsiya jarayoni ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish, yangi mahsulot turlarini joriy etish hamda qo‘shilgan qiymat zanjirini chuqurlashtirish orqali amalga oshiriladi. Iqtisodiy adabiyotlarda diversifikatsiya sanoat tuzilmasining tarkibiy moslashuvchanligini ta’minlovchi mexanizm sifatida talqin etiladi. U ishlab chiqarish risklarini kamaytiradi, hududiy iqtisodiyotning tashqi shoklarga bardoshliligini oshiradi hamda uzoq muddatli iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlaydi. Ayniqsa, xomashyo eksportiga yo‘naltirilgan hududlarda qayta ishlash sanoatini rivojlantirish orqali sanoat tarkibini diversifikatsiya qilish ustuvor vazifa sifatida namoyon bo‘ladi.

Published

2026-05-06