O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA “DISKURS” TUSHUNCHASI TALQINLARI

Authors

  • Xayitboyeva Zilola Kurbannazarovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: diskurs, matn, nutq, pragmalingvistika, kognitiv tilshunoslik, ekstralingvistik omillar, badiiy diskurs, diskurs tahlili.

Abstract

Annotatsiya. Mazkur maqolada o‘zbek tilshunosligida “diskurs” tushunchasining talqinlari, uning matn va nutq bilan munosabati hamda zamonaviy lingvistikadagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘zbek va xorijiy tilshunos olimlarning diskursga oid nazariy qarashlari qiyosiy-analitik asosda o‘rganilib, diskursning pragmatik, kognitiv, kommunikativ va ijtimoiy jihatlari yoritiladi. Shuningdek, diskursning matndan kengroq tushuncha ekanligi, uning ekstralingvistik omillar bilan uzviy bog‘liqligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijasida diskurs zamonaviy o‘zbek tilshunosligining muhim va istiqbolli ilmiy kategoriyalaridan biri ekanligi aniqlanadi.

Published

2026-05-06