WERNER THARICHENNING «LITAVRA UCHUN ORKESTR BILAN KONSERTI»: IJROCHILIK TAHLILI VA BIRINCHI MARTA O‘ZBEKISTONDA ERPANJON MAXMUTIY (XITOY XALQ RESPUBLIKASI) TOMONIDAN IJRO ETILISHI
Keywords:
Kalit so‘zlar: litavra, konsert, Werner Tarichen, litavralar, ijro, musiqa ta’limi, O‘zbekiston, tembr, orkestr.Abstract
Annotatsiya: Maqolada Werner Tarichenning «Litavra uchun orkestr bilan konserti» zarbli cholg‘ular repertuaridagi muhim asar sifatida ko‘rib chiqiladi. Asosiy e’tibor ushbu kompozitsiyada litavraning ifodaviy imkoniyatlari qanday ochib berilganiga va nima uchun u ijrochilik amaliyotida alohida o‘rin tutishiga qaratiladi. Kompozitor litavradan nafaqat ritmik cholg‘u, balki to‘laqonli yakkaxon ovoz sifatida foydalanishi ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, maqolada O‘zbekiston Davlat konservatoriyasining «Puflama va zarbli cholg‘ular» kafedrasi magistraturasida o‘qish sharoitida ushbu konsertning ijro etilishi masalalari, Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan II bosqich magistranti Erpanjon Maxmutiy (YIERFANJIANG MAIHEMUTI), konsertmeyster Ninel Kovaleva va v.b. professor Ali Izmailovning qo‘shma ijrochilik va ilmiy ishi asosida ko‘rib chiqiladi.