SHARQ VA G‘ARB ADABIYOTIDA AYOL OBRAZI EVOLYUTSIYASI

Authors

  • Daminova Kumush Rustam qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar. ayol obrazi, Sharq adabiyoti, G‘arb adabiyoti, evolyutsiya, romanchilik, badiiy talqin, qiyosiy adabiyotshunoslik, feminizm, ma’naviyat, obraz

Abstract

         Annotatsiya. Ushbu tezisda Sharq va G‘arb adabiyotida ayol obrazining tarixiy taraqqiyoti hamda badiiy evolyutsiyasi qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida turli davr va adabiy muhitlarda ayol obrazining qanday talqin etilgani, uning jamiyatdagi o‘rni, oilaviy munosabatlardagi mavqei, ma’naviy-axloqiy qiyofasi hamda ruhiy kechinmalari yoritib beriladi. Sharq adabiyotida ayol obrazi ko‘proq hayo, sadoqat, sabr-toqat va ma’naviy poklik timsoli sifatida tasvirlangan bo‘lsa, G‘arb adabiyotida ayolning individual xarakteri, mustaqil fikrlashi va ijtimoiy faolligiga alohida e’tibor qaratilgani tahlil etiladi.Shuningdek, tezisda ayol obrazining evolyutsiyasi jamiyat taraqqiyoti, madaniy qarashlar hamda ijtimoiy muhit bilan chambarchas bog‘liqligi ochib beriladi

Published

2026-05-08