ISH HAQI FONDI VA KORXONA MOLIYAVIY BARQARORLIGI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK

Authors

  • Bo‘stonova Nilufar Abdusamatovna Author
  • O‘roqov Najmiddin O‘roq o‘g‘li Author

Abstract

Korxona faoliyatining moliyaviy barqarorligi uning uzoq muddatli rentabelligi, qarz majburiyatlarini bajarish qobiliyati va iqtisodiy barqarorlik darajasini ifodalaydi. Bunday barqarorlikni shakllantirishda ko‘plab omillar ta’sir qiladi, xususan, ish haqi fondining struktura va boshqaruvi. Ish haqi fondi - bu korxonaning ishchi kuchi uchun sarflagan jami moliyaviy resurslari bo‘lib, unda asosiy ish haqi, qo‘shimcha to‘lovlar, bonuslar va ijtimoiy sug‘urtalar kabi xarajatlar mavjud [1]. Ish haqi fondi nafaqat xodimlarning daromad darajasini belgilaydi, balki korxonaning umumiy moliyaviy salohiyatiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Published

2026-05-09