EKOLOGIK HUQUQBUZARLIKLAR UCHUN YURIDIK JAVOBGARLIK TUSHUNCHASI VA TURLARI

Authors

  • Solijonova Rayxona Author
  • To'xtashev Hikmatilla Ismatillaevich Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: ekologik huquqbuzarlik, yuridik javobgarlik, ekologik xavfsizlik, ekologik qonunchilik, administrativ javobgarlik, jinoiy javobgarlik, fuqarolik javobgarlik.

Abstract

Annotatsiya: Ekologik huquqbuzarliklar zamonaviy jamiyat uchun eng muhim va dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Tabiatni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlik va normal hayot faoliyati uchun qulay muhitni ta’minlash davlat va jamiyat oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Ushbu ilmiy maqolada ekologik huquqbuzarliklar uchun yuridik javobgarlik tushunchasi, uning asosiy belgilarini yoritish hamda javobgarlik turlarini huquqiy nuqtai nazardan keng qamrovda tahlil qilish ko‘zda tutilgan. Maqolada yuridik javobgarlikning tartibga solinishi, amaliyotga tatbiq etilishi va ekologik huquqbuzarlik sodir etilganda yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarning asosiy xususiyatlari ochib berilgan. Ekologiya sohasidagi jinoyat va huquqbuzarliklar, ularni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan yuridik chora-tadbirlar, ularning tahlili va samaradorligini oshirish masalalari ham maqolada chuqur tahlil qilingan.

Published

2026-05-09