TOMYOPMALAR ISSIQLIK IZOLYATSIYASI UCHUN ISHLATILADIGAN KO’PIK BETONNING MAQBUL TARKIBINI ISHLAB CHIQISH

##article.authors##

  • Shakirov Tuyg’unjon Turg’unovich ##default.groups.name.author##
  • Turg’unov Ilyosbek Olimjon o’gli ##default.groups.name.author##

##semicolon##

Kalit so‘zlar: tomyopmalar, izolyatsiya, energiya, ko’pik beton, material, komponentlar, aralashma, optimal muvozanat.

##article.abstract##

Annotatsiya: Zamonaviy qurilish sohasida energiya tejash va binolarning issiqlik izolyatsiyasini yaxshilash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Binolarda issiqlik yo‘qotilishini kamaytirish orqali nafaqat energiya resurslarini tejash, balki atrof-muhitni muhofaza qilish ham ta’minlanadi. Shu nuqtai nazardan, issiqlik izolyatsiyasi uchun turli materiallar va texnologiyalar qo‘llaniladi. Jumladan, ko’pik beton – yengil, issiqlik izolyatsiyasi xususiyatlari yuqori bo‘lgan va qurilishda keng qo‘llanilayotgan materiallardan biridir. Ushbu maqolada tomyopmalar issiqlik izolyatsiyasi uchun ishlatiladigan ko’pik betonning maqbul tarkibini ishlab chiqish jarayoni, uning tarkibiy qismlari, xususiyatlari va qo‘llanilish imkoniyatlari haqida ma'lumotlar berilgan.

##submissions.published##

2025-06-04