TOMYOPMALAR ISSIQLIK IZOLYATSIYASI UCHUN ISHLATILADIGAN KO’PIK BETONNING MAQBUL TARKIBINI ISHLAB CHIQISH

Authors

  • Shakirov Tuyg’unjon Turg’unovich Author
  • Turg’unov Ilyosbek Olimjon o’gli Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: tomyopmalar, izolyatsiya, energiya, ko’pik beton, material, komponentlar, aralashma, optimal muvozanat.

Abstract

Annotatsiya: Zamonaviy qurilish sohasida energiya tejash va binolarning issiqlik izolyatsiyasini yaxshilash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Binolarda issiqlik yo‘qotilishini kamaytirish orqali nafaqat energiya resurslarini tejash, balki atrof-muhitni muhofaza qilish ham ta’minlanadi. Shu nuqtai nazardan, issiqlik izolyatsiyasi uchun turli materiallar va texnologiyalar qo‘llaniladi. Jumladan, ko’pik beton – yengil, issiqlik izolyatsiyasi xususiyatlari yuqori bo‘lgan va qurilishda keng qo‘llanilayotgan materiallardan biridir. Ushbu maqolada tomyopmalar issiqlik izolyatsiyasi uchun ishlatiladigan ko’pik betonning maqbul tarkibini ishlab chiqish jarayoni, uning tarkibiy qismlari, xususiyatlari va qo‘llanilish imkoniyatlari haqida ma'lumotlar berilgan.

Published

2025-06-04

How to Cite

TOMYOPMALAR ISSIQLIK IZOLYATSIYASI UCHUN ISHLATILADIGAN KO’PIK BETONNING MAQBUL TARKIBINI ISHLAB CHIQISH. (2025). ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 70(6), 331-334. https://scientific-jl.com/obr/article/view/18375