ALALIYA NUTQ NUQSONINI KELIB CHIQISH SABABLARI
Keywords:
Alaliya – bolaning ona qornida yoki dastlabki rivojlanish bosqichida nutq shakllanishiga qadar bosh miya qobig‘i nutq doirasining organik jarohatlanishi oqibatida uzluksiz rivojlanmay qolishdir.Motor alaliya – bu markaziy harakterdagi organik buzilishlar natijasi hisoblanib, nosog‘lom nevrologik ko‘rinish nutqning rivojlanish borasida jiddiy orqada qolishga olib keladi.Bu konsepsiya tarafdorlari nutqiy shaklanmaganlikni motor yetishmovchiligi bilan tushuntiradilar. (R. Koen, G.Abstract
Nutqning yo‘qligi bolaning mukammal rivojlanishi va atrofdagilar bilan muloqat
qilishini keskin cheklaydi. Bu esa o‘z navbatida, ongning asta-sekin rivojlanishdan
orqada qolishiga olib keladi va u amalda ikkilamchi xususiyatga ega bo‘ladi. Alaliya
bilan kasallangan bolalar oligofren (ongi rivojlanmagan) bolalardan farq qiladi: nutqni
shakllanish darajasiga qarab va maxsus o‘qitish bilan ta’sir etish natijasida aqliy
jihatdan
orqada qolish asta-sekin yo‘qolib boradi.Nutq buzilishini shakllanish
sabablari markaziy nerv sistemasini organik jarohatlanishi bilan bog‘langandir. Ularga
quyidagilar kiradi: bosh miyani jaroxatlanishi ( meningo-ensefalit, qizilcha,
jaroxatlanishdan keyingi asoratlar); tug‘ruqning og‘ir kechishi va tez tug‘ish oqibatida
miyaga qon quyilishi; bolaning ona qornida rivojlanish bosqichida, tug‘ruq vaqtida,
shuningdek, bolaning bir oylikdan bir yoshgacha bo‘lgan dastlabki rivojlanish
bosqichida moddalar almashinuvining buzilishi. Bundan tashqari og‘ir rahit kasalligi,
nafas yo‘llarini kasallanishi, xayotining dastlabki oylarida uyqusi va ovqatlanishini
buzilishi boshidan kechirgan bolalarda ham alaliya paydo bo‘lishi mumkin.
References
1.Ayupova.M.Yu. Logopediya Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati
2007.-54.c.
2.Mo‘minova L.,Amirsaidova Sh. va boshqalar Maxsus psixologiya -T.: Fan va
texnologiyalar. 2013.
3.Беккер К.П. Совак М. Логопедия. – М., 1991-101.с.
4. Mo‘minova.L.R , Ayupova M.Yu Logopediya- T.:O‘qituvchi 1993.-77.b.