ALALIYA NUTQ NUQSONINI KELIB CHIQISH SABABLARI

Authors

  • Xaliyarova Zilola Muxitdin qizi Author

Keywords:

Alaliya – bolaning ona qornida yoki dastlabki rivojlanish bosqichida nutq shakllanishiga qadar bosh miya qobig‘i nutq doirasining organik jarohatlanishi oqibatida uzluksiz rivojlanmay qolishdir.Motor alaliya – bu markaziy harakterdagi organik buzilishlar natijasi hisoblanib, nosog‘lom nevrologik ko‘rinish nutqning rivojlanish borasida jiddiy orqada qolishga olib keladi.Bu konsepsiya tarafdorlari nutqiy shaklanmaganlikni motor yetishmovchiligi bilan tushuntiradilar. (R. Koen, G.

Abstract

Nutqning yo‘qligi bolaning mukammal rivojlanishi va  atrofdagilar bilan muloqat 
qilishini keskin cheklaydi. Bu esa o‘z navbatida, ongning asta-sekin rivojlanishdan 
orqada qolishiga olib keladi va u amalda ikkilamchi xususiyatga ega bo‘ladi. Alaliya 
bilan kasallangan bolalar oligofren (ongi rivojlanmagan) bolalardan farq qiladi: nutqni  
shakllanish darajasiga qarab va maxsus o‘qitish bilan ta’sir etish natijasida aqliy 
jihatdan  
orqada qolish asta-sekin yo‘qolib boradi.Nutq buzilishini shakllanish 
sabablari markaziy nerv sistemasini organik jarohatlanishi bilan bog‘langandir. Ularga 
quyidagilar kiradi: bosh miyani jaroxatlanishi ( meningo-ensefalit, qizilcha, 
jaroxatlanishdan keyingi asoratlar); tug‘ruqning og‘ir kechishi va tez tug‘ish oqibatida 
miyaga qon quyilishi;  bolaning ona qornida  rivojlanish bosqichida, tug‘ruq vaqtida, 
shuningdek, bolaning bir oylikdan bir yoshgacha bo‘lgan dastlabki rivojlanish 
bosqichida moddalar almashinuvining buzilishi. Bundan tashqari og‘ir rahit kasalligi, 
nafas yo‘llarini kasallanishi, xayotining dastlabki oylarida uyqusi va ovqatlanishini 
buzilishi boshidan kechirgan bolalarda ham alaliya paydo bo‘lishi mumkin. 

References

1.Ayupova.M.Yu. Logopediya Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati

2007.-54.c.

2.Mo‘minova L.,Amirsaidova Sh. va boshqalar Maxsus psixologiya -T.: Fan va

texnologiyalar. 2013.

3.Беккер К.П. Совак М. Логопедия. – М., 1991-101.с.

4. Mo‘minova.L.R , Ayupova M.Yu Logopediya- T.:O‘qituvchi 1993.-77.b.

Published

2025-08-12

How to Cite

ALALIYA NUTQ NUQSONINI KELIB CHIQISH SABABLARI . (2025). ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 75(1), 55-61. https://scientific-jl.com/obr/article/view/26081