2-TUR QANDLI DIABET VA GIPERGOMOSISTEIN

##article.authors##

  • Ismoilova Moxigul Yunus qizi ##default.groups.name.author##

##article.abstract##

2-tur  qandli  diabet  (T2QD)  bilan  og‘rigan  bemorlarda  metformin  eng  ko‘p 
qo‘llaniladigan preparatlardan biri hisoblanadi. Uning uzoq muddatli qabul qilinishi 
ba'zi  holatlarda  vitamin  B12  darajasining  pasayishiga,  natijada  gipergomosistein 
darajasining ortishiga olib keladi. Bu holat yurak-qon tomir, neyropatik va kognitiv 
asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin. 
Gomosistein  —  bu  organizmda  metionin  almashinuvi  natijasida  hosil 
bo‘ladigan aminokislota bo‘lib, uning me’yordan ortiq darajada to‘planishi yurak-qon 
tomir  kasalliklari,  asab  tizimi  buzilishlari,  homiladorlikdagi  asoratlar  va  hatto 
onkologik holatlar bilan bog‘liqdir. 

##submissions.published##

2025-05-27