TABIIY VA SUN’IY OZIQ-OVQAT BO‘YOQLARINING ERITMADAGI SPEKTRAL XOSSALARINI TAQQOSLASH
Ключевые слова:
Kalit so‘zlar:Tabiiy bo‘yoqlar, sun’iy bo‘yoqlar, UV-Visible spektroskopiya, absorbans, yutilish to‘lqin uzunligi, oziq-ovqat kimyosi.Аннотация
Annotatsiya: Ushbu ilmiy ishda tabiiy va sun’iy oziq-ovqat bo‘yoqlarining eritmadagi spektral xossalari taqqosiy tahlil qilindi. Tadqiqotda bo‘yoqlarning yorug‘likni yutish (absorbsiya) xususiyatlari UV-Visible (Ultrabinafsha va ko’rinadigan yorug’lik spektral tahlili) spektrofotometriya usuli orqali o‘rganildi. Tabiiy bo‘yoqlar sifatida beta-karotin va antosiyanin, sun’iy bo‘yoqlar sifatida esa tartrazin (E102) va sunset yellow (E110) eritmalari tayyorlanib, ularning yutilish to‘lqin uzunligi (λmax) aniqlandi. Olingan natijalar bo‘yicha tabiiy bo‘yoqlar keng spektrda va bioaktiv xossalarga ega bo‘lsa-da, barqarorlik jihatidan sun’iy bo‘yoqlarga qaraganda pastroq ekani aniqlandi. Sun’iy bo‘yoqlarning esa yutilish cho‘qqilari aniq va tor sohada joylashgan bo‘lib, ularning yuqori barqarorligi bilan bir qatorda salomatlikka bo‘lgan salbiy ta’siri ham mavjud. Tadqiqot oziq-ovqat mahsulotlaridagi bo‘yoqlarni aniqlash va ularning xavfsizligini baholashda spektroskopiyaning samarali usul ekanini tasdiqlaydi.
Библиографические ссылки
1. Socaciu, C. (2008). Food colorants: Chemical and functional properties. CRC Press.
2. Pavia, D.L., Lampman, G.M., Kriz, G.S. (2014). Introduction to Spectroscopy.
3. O‘zbekiston Respublikasi SSV oziq-ovqat standartlari, 2020–2024.
4. Journal of Food Chemistry — Spectrophotometric analysis of food dyes.
5. Lambert-Beer Law – Physical Chemistry Fundamentals, 2021.