O`QUVCHILAR IJTIMOIY-PSIXOLOGIK VA AXLOQIY RIVOJLANISHIDA MAKTAB AMALIYOTCHI PSIXOLOGINING TA’SIRI
Abstract
Jamiyatda ta`lim tizimini rivojlantirishning strategik yo`nalishi - bu insonning
turli sohalarida maqsadli mustaqil faoliyati asosida uning intellekt va axloqiy
rivojlanishidir. Jahonning rivojlangan davlatlari qatori mamlakatimizda ham
ta`limdagi islohotlar jarayonida mustaqil ta`limni rag`batlantirsh muhim yo`nalish
sifatida kelmoqda. Pedagogning kasbiy layoqatliligini tarbiyalash fenomenini tadqiq
qilishga bir qator olimlarning ishlarida o`z ifodasini topgan. Bu mualliflar kasbiy
layoqatlilik - ishonchlilik sifatlari bilan birgalikda o`qituvchining kasbiy - individual
hodisa sifatida pedagogik madaniyatini tavsiflaydi degan fikrni olg`a surganlar. O`z
navbatida, kasbiy layoqatlilik tushunchasi, V.A.Slastenin ta`kidlaganidek,
pedagogning pedagogik faoliyatini amalga oshirishga nazariy hamda amaliy
tayyorgarligining birligini ifodalaydi va uning kasbiy shakllanganligini tavsiflaydi
[1.47].
References
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Boboyeva S.T. Jamiyatda o`qituvchining tutgan o`rni va vazifalari” maqola.
Евразийский Научний Журнал, 2020. (1-soni, 68 b.)
2. Innovation and Global Issues - Congress 4. Lara, Antalya – 2018.
3. Сластенин А.В.. Обшая педагогика. – М.: Педагогика, 2003.
4. Forobiy Abu Nasr. -“ Fozil odamlar shahri”. “Yangi asr avlodi”, 2016.