KARTOSHKA YIG‘ISHTIRISH MASHINALARI VA ULARNING ISHLASH XUSUSIYATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Ishchi organ, lemex, o‘simlik qoldiqlari, elevator, passiv lemexlar, kombinatsiyalashgan lemex.Abstract
Annotatsiya: Kovlash ishchi organlari faol, passiv va kombinatsiyalashgan
turlarga bo‘linadi. Passiv lemexlar tekis qilib tayyorlanadi. Ular lemexlar
1, qo‘zg‘aluvchan sharnirli barmoq 2 dan iborat. Bundan tashqari kovlagichlarda
o‘rtadagi lemex 5 ham mavjud. Kombinatsiyalashgan lemexlar faol (tebranuvchi) yon
devor 4 li tekis lemex ko‘rinishida bo‘ladi. Lemexlar va yon devorlar orasida ochiq joy
qoldiriladi. Faol yon devorlar lemexlarda o‘simlik qoldiqlarini to‘dalanishini oldini
oladi va ularning ish unumdorligini oshiradi. Ish jarayonida elevatorning pastki
tarmog‘i chiviqlari tuproq yuzasidan toshlarni ushlab olishi mumkin. Elevator
chiviqlariga tiqilib qolish va shikastlanishni oldini olish uchun lemexlarning orqa
tomondagi qirrasiga yuqoriga qaytariluvchi sharnirli barmoqlar 2 o‘rnatilgan.
Barmoqlar o‘zining dastlabki holatiga tuproq massasi ta’sirida qaytadi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Shoumarova M., Abdillayev T. Bog‘dorchilik mashinalari. Toshkent-2006.
2. Mamatov F.M. Qishloq xo‘jalik mashinalari. Toshkent, “fan”, 2007.
3. R.Yunusov., K.Umarov., B.Karimov. Bog’dorchilik.Toshkent. “O’zbekiston
faylasuflar milliy jamiyati”, 2016.
4. Shoumarova M., Abdillayev T. Qishloq xo‘jaligi mashinalari. Toshkent,
“O‘qituvchi”, 2002.
5. Zuev V., Abduillayev A. Sabzavot ekinlari va ularni yetishtirish texnologiyasi.
Toshkent, “O‘zbekiston”, 1997.