TOSHKENT EKOLOGIK SIYOSATINI YURITISHDA INNOVATSION YONDASHUV

Authors

  • Eldorbekov Gʻofurbek Iskandarbek oʻgʻli Author

Abstract

2025-yilga kelib, insoniyat tarixida eng muhim savol yana kun tartibiga chiqdi: 
biz Yer sayyorasini saqlab qola olamizmi? Antarktida muzliklarining tez erishi, Osiyo 
osmonini qoplagan tutunlar, Sahroi Kabirda kengayib borayotgan choʻl zonalari va 
Tinch okeanidagi plastik orollar – bularning barchasi endi nafaqat ekologlarning, balki 
har  bir  oddiy  insonning  kundalik  tashvishiga  aylangan.  Bugun  global  iqlim 
oʻzgarishlari faqat geografik yoki statistik masala emas – bu bizning nafas olayotgan 
havomiz, ichayotgan suvimiz va kelajakdagi farzandlarimiz hayoti haqida. Havoning 
ifloslanishi dunyo boʻyicha har yili millionlab insonlarning salomatligiga salbiy ta’sir 
koʻrsatayotgan  boʻlsa,  tabiat  resurslarining  cheksiz  ekspluatatsiyasi  butun 
ekotizimlarni  halokat  yoqasiga  olib  kelmoqda.  Afsuski,  ushbu  muammolar  bizning 
Oʻzbekistonga ham kirib kelmoqda. Bu tendensiya ayniqsa poytaxt Toshkent shahrida, 
qum boʻronlari va havodagi PM2.5 koʻrsatkichi tavsiya etilgan miqdordan bir necha 
marotaba yuqoriligida aks etmoqda.   

Published

2025-05-09

How to Cite

Eldorbekov Gʻofurbek Iskandarbek oʻgʻli. (2025). TOSHKENT EKOLOGIK SIYOSATINI YURITISHDA INNOVATSION YONDASHUV . Ta’lim Innovatsiyasi Va Integratsiyasi, 45(1), 106-109. https://scientific-jl.com/tal/article/view/12621