ILM YULDUZLARI HECH QACHON SO’NMAYDI
Abstract
Ilm dargohi bamisoli poyonsiz va sarhadsiz koinotga o’xshaydi. U yerda yulduz
ko’p, sayyora ko’p. Lekin shunday yulduzlar borki, ular taratayotgan nur yillar, hatto
asrlar o’tsa ham aslo so’nmaydi. Balki, koinotning eng zulmatga cho’mgan nuqtalariga
yetib borib, u yerlarni ham yorug’likka to’ldiradi. Zamonaviy o’zbek
huquqshunosligining ustunlaridan biri bo’lgan, milliy sivilistikamizning
“muzyorariga” aylangan, shogirdlari har doim yuzlarida tabassum, qalblarida faxr
bilan xotirlaydigan, hayotining so’nggi damlarigacha yuridik institutga borishni
astoydil istagan inson Ustoz Shoraxmetov Shoakbar Shorustamovich ham ana shunday
yulduzlardan biri edi. Ularning yuduz kabi tarqatayotgan ilm nurlari bugungi kunga
qadar yosh avlodni ko’zlarida, qalblarida, kasblariga bo’lgan sadoqatlarida, yangi
bilimlarni egallashdagi tirishqoqliklarida o’z aksini ko’rsatib kelmoqda. Agar ilm
koinotida yulduz bo‘lishning mohiyati bormi desalar, javob shubhasiz mana bunday
bo’lar edi: "Ha, bunday insonlar – yorug‘lik taratuvchi yulduzlardir. Ularning nuri
zamon chegarasidan o‘tib, kelajak avlodlarni ma’rifat yo‘liga boshlaydi".