O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ZAMONAVIY BANK XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI (AJ “ASAKA BANK” MISOLIDA)

Authors

  • Gafurov Abrorbek Dilshodbek o`g`li Author

Abstract

O‘zbekiston Respublikasida bank tizimini modernizatsiya qilish va zamonaviy 
bank  xizmatlarini  rivojlantirish  iqtisodiyotning  barqaror  o‘sishiga  xizmat  qiluvchi 
asosiy  yo‘nalishlardan  biridir.  Hozirgi  kunda  davlat  moliyaviy  sektorni 
raqamlashtirish, aholining moliyaviy inklyuziyasini ta’minlash va bank xizmatlarining 
jahon  standartlariga  mos  ravishda  takomillashuviga  katta  e’tibor  qaratmoqda.  Bu 
jarayonlarda  yirik  tijorat  banklarining,  xususan,  “Asaka  Bank”  aksiyadorlik 
jamiyatining o‘rni beqiyosdir. Ushbu bank o‘z faoliyatini zamonaviy texnologiyalar 
asosida tashkil etib, mijozlarga tezkor, xavfsiz va innovatsion xizmatlarni taqdim etish 
bo‘yicha respublikadagi yetakchi moliya institutlaridan biri sanaladi. 
AJ  “Asaka  Bank”  misolida  olib  qaralganda,  zamonaviy  bank  xizmatlarini 
rivojlantirish bir necha asosiy yo‘nalishlarda amalga oshirilayotganini ko‘rish mumkin. 
Birinchi navbatda, bank raqamli transformatsiya jarayonlarini faol olib bormoqda. Bu 
jarayonda  mobil  ilovalar  (Asaka  Mobile),  internet-banking,  QR-kod  orqali  to‘lov 
tizimlari,  plastik  kartalarga  integratsiyalangan  mobil  hamyonlar  kabi  zamonaviy 
xizmatlar joriy qilingan. Xususan, bank tomonidan ishlab chiqilgan mobil ilova orqali 
mijozlar o‘z hisobvaraqlarini boshqarish, kommunal to‘lovlar amalga oshirish, onlayn 
kreditlar  rasmiylashtirish  va  valyuta  operatsiyalarini  bajarish  imkoniyatiga  ega 
bo‘ldilar. 

References

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Azizov, S.S. Bank xizmatlari marketingi / S.S. Azizov. – Toshkent:

IQTISODIYOT, 2019. – 132 b.

2. Baxtiyorov, B. O‘zbekiston moliyaviy tizimining transformatsiyasi / B. Baxtiyorov.

– T.: Iqtisodiyot, 2023. – 264 b.

3. Baymuratov, A.S. Bank marketingi / A.S. Baymuratov. – T.: “IQTISODIYOT”,

2022. – 208 b.

4. Bobokulov, Z.X. Banklarda moliyaviy xizmatlar / Z.X. Bobokulov. – T.: Moliya,

2018. – 224 b.

5. Долан, Э. Дж. Деньги, банковское дело и денежно-кредитная политика / Э.Дж.

Долан. – СПб.: Питер, 2008. – 368 с.

6. G‘ofurova, M. Bank operatsiyalarining huquqiy asoslari / M. G‘ofurova. – T.:

Adolat, 2021. – 190 b.

7. Gulyamov, S. Raqamli iqtisodiyot sharoitida bank tizimi / S. Gulyamov. – T.: Fan,

2023. – 248 b.

8. Gulyamov, S., Muxamedov A. Bank ishini tashkil etish / S. Gulyamov, A.

Muxamedov. – T.: “Moliya”, 2020. – 346 b.

9. International Monetary Fund. Digital Financial Services and Financial Inclusion. –

Washington D.C.: IMF, 2021.

10. Karimov, U. Banklar faoliyatida raqamli texnologiyalar / U. Karimov. – T.:

Iqtisodiyot, 2022. – 212 b.

11. Kasyanenko, V.A. Электронные банковские технологии / В.А. Касъяненко. –

М.: Юнити-Дана, 2021. – 290 с.

12. Keynes, J.M. The General Theory of Employment, Interest and Money / J.M.

Keynes. – London: Macmillan, 1936.

13. Komilov, M. Bank ishi nazariyasi va amaliyoti / M. Komilov. – T.: TDIU, 2020. –

320 b.

14. Asaka Bank rasmiy veb-sayti – https://asakabank.uz

Published

2025-05-23

How to Cite

Gafurov Abrorbek Dilshodbek o`g`li. (2025). O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ZAMONAVIY BANK XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI (AJ “ASAKA BANK” MISOLIDA) . Ta’lim Innovatsiyasi Va Integratsiyasi, 45(4), 121-124. https://scientific-jl.com/tal/article/view/15695