AYOLLARDA MASTOPATIYA VA MASTITLAR: KELIB CHIQISH SABABLARI, DAVOLASH VA PROFILAKTIKASI
Keywords:
Kalit so‘zlar: mastopatiya, mastit, ko‘krak bezi, gormonal nomutanosiblik, yallig‘lanish, emizikli ayollar, tashxislash, davolash, profilaktika, ayollar salomatligiAbstract
Ushbu maqolada ayollarda uchraydigan ko‘krak bezlari kasalliklari –
mastopatiya va mastitlarning kelib chiqish sabablari, ularning klinik ko‘rinishlari,
tashxislash usullari, davolash yo‘llari hamda profilaktik choralar yoritilgan.
Mastopatiya – ko‘krak bezlarining gormonal nomutanosiblikka bog‘liq bo‘lgan
o‘zgarishlari bo‘lib, u ko‘pincha og‘riq, shishish va bezovtalik bilan namoyon bo‘ladi.
Mastit esa, ko‘proq emizikli ayollarda uchraydigan, yallig‘lanish bilan kechuvchi
kasallik bo‘lib, bakterial infeksiya sababli yuzaga keladi. Maqolada shuningdek,
sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, muntazam tibbiy ko‘riklarning roli va
kasalliklarning oldini olishga qaratilgan samarali usullar ham ko‘rib chiqilgan. Mazkur
mavzu ayollar salomatligini asrash, erta tashxis va davolash muhimligini targ‘ib
qilishda katta ahamiyatga ega.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. To‘xtayeva S.S. – Ginekologiya asoslari, O‘zbekiston Tibbiyot Akademiyasi
nashriyoti, Toshkent, 2020.
2. Juraev M.M., Mavlanov D.I. – Akusherlik va ginekologiya, Tibbiyot nashriyoti,
Toshkent, 2019.
3. Toshpo‘latova M.T. – Ayollar salomatligi va uni muhofaza qilish yo‘llari,
"O‘qituvchi" nashriyoti, Toshkent, 2021.
4. Karimova G.X. – Onalik va bolalikni muhofaza qilish, Toshkent Tibbiyot
Akademiyasi nashriyoti, 2018.
5. Ortiqova N.N. – Ayollarda uchraydigan kasalliklar: sabablari, oldini olish va
davolash usullari, “Fan va texnologiya” nashriyoti, Toshkent, 2022.