SUISID HOLATIGA TUSHGAN BOLALARGA PSIXOLOGIK YORDAM

Authors

  • Qurbanboyeva Gulayho Shuhrat qizi Author
  • Matmuratova Muhayyo Jumaboyevna Author

Abstract

Bugungi  kunda  sog‘lom  va  barkamol  avlodni  tarbiyalash  eng  ustuvor 
vazifalardan  biridir.  Ruhiy  sog‘lom,  ma’naviyati  yuksak,  jismoniy  va  aqliy  yetuk 
farzandlar  yurt  kelajagidir.  Hozirgi  kunda  fan-texnikaning  jadal  sur’atlar 
bilan  rivojlanishi  nafaqat  jamiyat  hayotiga  balki  o‘sib  kelayotgan  yosh  avlodning 
ta’lim-tarbiyasiga  ham  o‘z  ta’sirini  o‘tkazmasdan  qolmayapti.  Buning  natijasida 
o‘quvchi  yoshlarimizda  psixologik  tanglik,  qiyin  vaziyatlar  yuzaga  kelmoqda. 
Albatta bunday tanglik holatlari o‘quvchining jismoniy, psixik va aqliy rivojlanishiga 
o‘z  ta’sirini  ko‘rsatmoqdaюTanglik  vaziyati-shaxsning  psixikasida  ro‘y  beradigan 
hissiy  zo‘riqishlarni  kuchli  darajada  namoyon  bo‘lishidir.  Bunday  holat  shaxsning 
bilish jarayonlariga, aqliy faoliyatiga, shaxslararo munosabatlar tizimida tutgan o‘rniga 
bog‘liqdir.Huningdek,  bu  holat  shaxsdagi  xulq-atvor  me’yorlarida  ham  o‘ziga  xos 
o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. O‘smirlarni tengdoshlari o‘rtasida uni qoniqtiradigan 
o‘ziga  xos  o‘rinni  egallashga  intilish  xulq-atvor  me’yorlariga  va  referent  guruhlar 
qadriyatlariga  yuqori  darajada  qiziqish  bilan  qo‘shilishi  kuzatiladi.  O‘smir 
psixikasidagi o‘tish davri unda bolalik va kattalik ususiyatlarini birgalikda bir vaqtda 
mavjud  bo‘lishi  bilan  izohlanadi.  O‘smirlik  yoshida  odatda  kichikroq  yoshdagilar 
uchun xarakterli bo‘lgan xulq-atvor reaksiyalariga moyillik ko‘pincha saqlanib  qoladi. 

References

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Abramova G.S. Vozrastnaya psixologiya. Toshkent 2005.

2. L.Beknazarova, M.Maxmudova. Ijtimoiy-psixologik trening. Toshkent

2016.

3. E.G‘.G‘oziyev. Psixologiya muammolari. Toshkent 1999.

4. R.Y.Toshtemirov, E.G ‘.G‘oziyev Psixodiagnostika va amaliy psixologiya.

Toshkent 2004

Published

2025-06-01

How to Cite

Qurbanboyeva Gulayho Shuhrat qizi, & Matmuratova Muhayyo Jumaboyevna. (2025). SUISID HOLATIGA TUSHGAN BOLALARGA PSIXOLOGIK YORDAM . Ta’lim Innovatsiyasi Va Integratsiyasi, 46(2), 134-137. https://scientific-jl.com/tal/article/view/17789