ELEKTR YURITMALAR. BOSHQARISH VA HIMOYA APPARATLARI.

Authors

  • Bahodirov Sherdor Author
  • Topvoldiyev Nodirbek Abdulhamid o‘g‘li Author

Abstract

 
Boshqaruv apparatlari. 
Boshqaruv apparatlari asosan quyidagi elementlarni o’z tarkibiga oladi: 
1.  Boshqarilayotgan  koordinatalar  darajasi  va  o’zgarish  xarakterlarini 
aniqlovchi dasturiy qurilmalar. 
2. Ekektr yuritmaning o’zini ishlashi va texnologik jarayonning borishi haqida 
ma’lumot beruvchi texnologik parametrlar va rostlanuvchi koordinatalar datchiklari. 
3.  Koordinata  va  parametrlar  datchiklari  va  dasturiy  qurilmalar  signallari 
asosida  boshqaruv  signallarini  ishlab  chiquvchi  rostlsgichlsr  va  funktsional 
o’zgartkichlar. 
4.  Signallar  turi  va  darajasi,  tok  turi  bo’yicha  kirish  va  chiqish  signallarini 
uyg’unlashtirish  hisobiga  barcha  parametrlarni  bir  tizimga  bog’lash  imkonini 
beruvchi kelishtiruvchi elementlar. 
Boshqaruv  apparatlariga  rubilnik,  o’chirgichlar,  qaytaulagichlar,  knopka 
stantsiyalari,  magnitli  ishga  tushirgichlar,  boshqaruv  relelari,  turli  datchiklar, 
chegaralovchi o’chirgichlar, reostatlar va boshqa apparatlar kirishi mumkin. 
Magnitli ishga tushirgich – asosan uch fazali ist’emolchilarni (xususan elektr 
dvigatellarni  tarmoqqa  ulash  yoki  uzish,  o’ta  qizishdan  himoyalash)  boshqarishga 
mo’ljallangan kompleks apparatdir. 
Magnitli ishga tushirgichning asosiy elementlari. 
PME rusumli magnitli ishga tushirgichningning umumiy ko’rinishi 14.1-rasmda 
keltirilgan. 
Magnitli ishga tushirgichlar iste’molchilarni nol himoyasini ta’minlaydi. Agar 
tarmoqda birdan kuchlanish yo’qolsa, dvigatel tarmoqdan uzilib, uni qayta ulash faqat 
operator tomonidan tegishli tekshiruvdan so’ng amalga oshiriladi. 

References

1. D.D.Alijanov, D.A.Egamov, O.B.Parpiyev. Nazariy elektrotexnika nomli o`quv

qo`llanmasi.

2. V. Sopyanin. d.t.n. katta ilmiy xodim. Minsk. O‘lchov tok transformatorlarini

xatoliklari

3. Raskulov R.F. Tok transformatorlari ikkilamchi zanjirida yuklamani ortishi

taʼsirida xatolikni ortishi.

4. Shabad.M.A. Transformatori toka v sxemax releynix zashiti. NTF

“Energoprogress” 1998.g

5. D.Egamov. M. Nuryog‘diyev. Elektr energiya istemolini hisoblashda, tok

transformatori xatoliklarining xisoblagich ko‘rsatkichiga taʼsiri.63-66 betlar.

Published

2025-06-03

How to Cite

Bahodirov Sherdor, & Topvoldiyev Nodirbek Abdulhamid o‘g‘li. (2025). ELEKTR YURITMALAR. BOSHQARISH VA HIMOYA APPARATLARI . Ta’lim Innovatsiyasi Va Integratsiyasi, 46(2), 258-263. https://scientific-jl.com/tal/article/view/18243