BOSHLANG‘ICH TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNI MAKTABGA MOSLASHUVINING PSIXOLOGIK JIHATLARI

Authors

  • Navruzova Zuxro Paxlavonovna Author
  • Oripova Madinabonu Xamidovna Author

Abstract

Maktabga  qabul  qilinadigan  bola  o‘z  hayotining  eng  muhim  davriga,  ya’ni, 
maktab tomonidan qo‘yiladigan turli-tuman talablarni bajarishga, ta’lim olishga ham 
jismoniy, ham psixologik jihatdan tayyor bo‘lishi lozim. Negaki, jismonan sog‘lom 
bola  maktabga  tavsiya  etilar  ekan,  u  aqliy  saviyasi  bilan  his-tuyg‘ulari  va  ijtimoiy 
onglilik darajasi bilan ma’lum talablarga javob berishi kerak.Aqliy yetuklik sohasida 
diqqat qilinishi zarur bo‘lgan bilish jarayonlari va tashqi muhitni nechog‘lik to‘liq va 
to‘g‘ri aks yettira olishni aniqlash muhimdir. Tarkiban bu hislatlar bolaning idroki, 
ixtiyoriy  diqqati,  voqea  va  hodisalarni  tahlil  qila  olishi,  sabab  va  oqibat 
tasavvurlarining  shakllanganligi,  mantiqiy  tafakkur  hislatlari,  mantiqiy  xotira, 
maqsadli faoliyatni izchil bajara olishi, yangilikka intilish, unga qaratilgan murojaatni 
qabul qila olish, sodda maqolaning mazmunini tushuna olish, barmoqlarining nozik 
harakatlari va ko‘z -harakat mutanosibligi kabi ko‘pgina ko‘rinishlarni o‘z ichiga oladi.  
Maktabga yetuklikning his-tuyg‘ular sohasi bolaning hulq-atvorida, ruhiyatida 
turg‘unlik, hissiy muhimlik va maktabda o‘qish motivla

References

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. E.G’oziev. Yosh davrlar psixologiyasi. Toshkent, 1996.

2. E. G’oziev. Umumiy psixologiya. I-II tom. Toshkent, 2002.

3. G’oziev E. G’. Psixologiya (Yosh davrlar psixologiyasi). Toshkent, 2002.

4. G’oziev E. G’. Differensial psixofiziologiya. Toshkent, 1999

Published

2025-06-05

How to Cite

Navruzova Zuxro Paxlavonovna, & Oripova Madinabonu Xamidovna. (2025). BOSHLANG‘ICH TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNI MAKTABGA MOSLASHUVINING PSIXOLOGIK JIHATLARI . Ta’lim Innovatsiyasi Va Integratsiyasi, 46(4), 128-130. https://scientific-jl.com/tal/article/view/18842