“TAQIQ MEVASI” ROMANINING G‘OYAVIY-BADIIY TAHLILI
Abstract
Nazar Eshonqul – zamonaviy o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos uslubi, falsafiy
teranligi, obrazlar tizimidagi murakkablik va ramziy yondashuvlari bilan ajralib
turuvchi yozuvchilardan hisoblanadi. Adib o‘zbek zamonaviy nasrida falsafiy-
psixologik tashqi ko‘rinish bilan uyg‘unlashtirgan yozuvchilardan biridir. Uning
asarlari, xususan, "Ta’qiq mevasi" romani orqali o‘zbek nasrida postmodernist
yondashuvlar, ontologik muammolar, inson va jamiyat o‘rtasidagi ziddiyatlar, ichki
ruhiy olam tahliliga bo‘lgan intilishlar ko‘zga tashlanadi.
Ushbu roman o‘zbek adabiyotida inson ongining chuqur qatlamlarini o‘rganishga
urinuvchi modernistik asar sifatida ajralib turadi. Ushbu roman orqali muallif odam va
gunoh, axloq va vasvasa, ozodlik va erksizlik, ruh va tana kabi yevropacha va sharqona
tarkiblarni o‘ziga xos tarzda uyg‘unlashtirishga erishgan.
“Taqiq mevasi” an’anaviy syujetli roman emas. Uning syujeti real voqealardan
ko‘ra ruhiy voqeliklar asosidagi syujetdir. Asardagi hikoyalar sirtdan real ko‘rinsa-da,
aslida bu – inson ruhining ichki ziddiyatlari, gunoh va poklik o‘rtasidagi kurash, vijdon
azobining natijalaridir.
References
1. Dilmurod Quronov. Darslik. Adabiyot nazariyasi asoslari/
Toshkent:Akademnashr, 2018.- 480b.
2. Eshonkul J. Mif va badiiy tafakkur. – T.: Fan, 2019. – 312 b.
3. Hamdam Ulug’bek. Jahon adabiyoti: modеrnizm va postmodеrnizm: o‘quv
qo‘llanma – Toshkent: Akademnashr, 2020. – 288 b.