O‘ZBEK MILLIY URF-ODATLARI VA DINIY MAROSIMLARINING BOLALAR TARBIYASIDAGI AHAMIYATI
Keywords:
Kalit so‘zlar: o‘zbek milliy urf-odatlari, diniy marosimlar, bolalar tarbiyasi, oilaviy tarbiya, milliy qadriyatlar, axloqiy tarbiya, barkamol avlod, ma'naviy qadriyatlar.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘zbek milliy urf-odatlari va diniy
marosimlarining bolalar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Maqolada
oilada bolalar tarbiyasining milliy qadriyatlar asosida shakllanishi, oilaviy
marosimlarning tarbiyaviy xususiyatlari, diniy qadriyatlarning axloqiy tarbiya vositasi
sifatidagi roli, kattalarni hurmat qilish an'anasi, mehnat tarbiyasi, milliy bayramlar
orqali milliy o‘zlikni anglash, kitobxonlik an'anasi va mehmondo‘stlik qadriyati kabi
jihatlar o‘rganilgan. Shuningdek, zamonaviy sharoitda an'anaviy qadriyatlarni saqlash
va ularni zamonaviy tarbiya usullari bilan uyg‘unlashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Maqolada o‘zbek oilalarida milliy-diniy qadriyatlar asosida olib boriladigan
tarbiyaning bolalarda ma'naviy barkamollik, milliy o‘zlikni anglash, axloqiy fazilatlar
shakllanishidagi muhim omil ekanligi ta'kidlangan. Zamonaviy globallashuv sharoitida
milliy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish orqali jamiyat barqarorligini ta'minlash
masalalari yoritilgan.
References
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Karimov I.A. "Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch". – Toshkent: Ma'naviyat,
2008.
2. Musurmonova O. "Oila ma'naviyati – milliy g‘urur". – Toshkent: O‘qituvchi,
2015.
3. G‘oziev E. "Tarbiyashunoslik". – Toshkent: Universitet, 2010.
4. Jo‘raev N. "Ma'naviy barkamollik asoslari". – Toshkent: Ma'naviyat, 2009.
5. Qodirov P. "Til va el". – Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2010.
6. Hasanboev J. va boshqalar. "Pedagogika: Qisqacha izohli lug‘at". – Toshkent:
Fan, 2014.
7. Quronov M. "Milliy tarbiya". – Toshkent: Ma'naviyat, 2007.
8. Mavlonova R. va boshqalar. "Pedagogika". – Toshkent: O‘qituvchi, 2013.