ISHLAB CHIQARISHDAGI ZARARLI OMILLARNI KAMAYTIRISH ORQALI EKOLOGIK XAVFSIZLIK VA MEHNAT MUHOFAZASINI TA'MINLASH YO‘LLARI.

Авторы

  • Turakulova Gulasal Zohidjon qizi Автор

Аннотация

 
Bugungi  kunda  sanoatning  jadal  rivojlanishi  bilan  birga,  ishlab  chiqarish 
muhitida  yuzaga  keladigan  zararli  va  xavfli  omillarning  inson  salomatligiga,  atrof 
muhitga  va  ishlab  chiqarish  samaradorligiga  salbiy  ta’siri  tobora  ortib  bormoqda. 
Ayniqsa, og‘ir sanoat tarmoqlarida  — metallurgiya, kimyo,  mashinasozlik, qurilish 
materiallari ishlab chiqarish va boshqa sohalarda xodimlar kundalik faoliyat davomida 
mikroiqlimning nomuvofiqligi, haddan tashqari shovqin, chang, zararli gazlar, noqulay 
yoritish kabi omillar ta’siriga duchor bo‘ladilar. Bu omillar uzoq muddat davomida 
inson  salomatligida  turli  kasalliklar  paydo  bo‘lishiga  olib  keladi,  ishlab  chiqarish 
samaradorligini pasaytiradi va baxtsiz hodisalar xavfini oshiradi. Zamonaviy ishlab 
chiqarish sharoitida ekologik xavfsizlik va mehnat muhofazasini ta’minlash faqatgina 
ijtimoiy va tibbiy muammo emas, balki iqtisodiy, texnologik va menejment sohalari 
bilan uzviy bog‘liq kompleks masaladir. Har qanday ishlab chiqarish obyekti mehnat 
sharoitlari,  ishlab  chiqarish  gigiyenasi  va  ekologik  standartlarga  muvofiq  ravishda 
tashkil  etilishi  zarur.  Bu  esa  korxonada  zamonaviy  texnologiyalarni  joriy  qilish, 
ekologik toza va resurslarni tejovchi uskunalar bilan jihozlash, ventilyatsiya va yoritish 
tizimlarini  me’yoriy  holatda  saqlashni  talab  qiladi.  Jahon  tajribasida  ishlab 
chiqarishdagi xavfli omillarni monitoring qilish va boshqarish bo‘yicha ISO 45001, 
OHSAS 18001 kabi xalqaro standartlar joriy etilmoqda. 

Библиографические ссылки

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. – Toshkent, 2022.

2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi gigiyena me'yorlari: SanPiN

0017-21. 4. ISO 45001:2018 – Mehnat xavfsizligi va salomatligi menejmenti tizimi.

3. Xusnutdinov M.(2021yil) “Kimyoviy moddalar bilan ishlovchi ishchilar uchun

salomatlik saqlash tadbiri”.

4. O‘zbеkiston Rеspublikasining 2021-yil 21-aprеldagi O‘RQ-683-sonli qonuni

tahririda atmosfеra havosini zararli kimyoviy ta’sir ko‘satishni oldini olish va

kamaytirish.

5. Turakulova G.Z “Ishlab chiqarish korxonalarida havfsiz mehnatni sharoitlarini

o‘rganish va tavsiyalar ishlab chiqish” Xalqaro ilmiy-amaliy Anjuman

materilalar to ‘plami.:And 2022. 401-403b/

6. Turakulova G.Z “Organizing a system of safe work in industrial enterprises,

organizing a management system” NamTSI Maxsus son Nam. 2024.285-289b

7. http://www.ilo.org/publns- Xalqaro Mehnat Tashkiloti sayti

8. www.lex.uz

9. www.ziyonet.uz;

10. www.google.ru

Опубликован

2025-06-19

Как цитировать

Turakulova Gulasal Zohidjon qizi. (2025). ISHLAB CHIQARISHDAGI ZARARLI OMILLARNI KAMAYTIRISH ORQALI EKOLOGIK XAVFSIZLIK VA MEHNAT MUHOFAZASINI TA’MINLASH YO‘LLARI . Ta’lim Innovatsiyasi Va Integratsiyasi, 47(3), 15-17. https://scientific-jl.com/tal/article/view/21769