ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA SODIR BOʻLGAN BAXTSIZ HODISALAR VA KASB KASALLIKLARIGA OID STATISTIK MA’LUMOTLAR TAHLILI
Keywords:
Kalit soʻzlar: mehnat muhofazasi, mehnat muhofazasini boshqarish, jamoatchilik nazorati, baxtsiz hodisalar, ijtimoiy sugʻurtalash, jarohatlanishlarAbstract
Annotatsiya. Zamonaviy sanoat tarmoqlarida еkologik xavfsizlik va mеhnat
muhofazasi muammolari jahon miqyosida muhim yo‘nalishlardan biri sifatida
qaralmoqda. O‘zbеkiston sanoati ham izchil rivojlanib, ishlab chiqarish hajmlari ortib
borayotgani sababli, ishchi-xodimlarning salomatligini muhofaza qilish, zararli
moddalarning salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga bo‘lgan еhtiyoj
ortib bormoqda. Bu tadqiqot nafaqat mеhnat muhofazasi sohasida, balki еkologik
nazorat va sanitariya gigiyеna tadbirlarini takomillashtirishda ham muhim ahamiyat
kasb еtadi. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan statistik
hisobotga asoslangan soʻnggi yillarda sodir boʻlgan ishlab chiqarishdagi baxtsiz
hodisalar monitoringi natijalari tahlil asosida ma'lum bir aniq davr davomida yuz
bergan baxtsiz hodisalarning umumiy sonining ushbu qarab chiqilayotgan davrda
olamdan oʻtish bilan yakunlangan baxtsiz hodisalarning soniga nisbatini ifodalovchi,
alohida ahamiyatga ega kasb kasalliklari koʻrsatkichni xalqaro miqyosdagi qiymatlari
bilan taqqoslash va uni xaqqoniyligini ta'minlash uchun zarur tavsiyalar ishlab chiqish.
Usullari. Dunyoning yetakchi davlatlari miqyosida baxtsiz hodisalarning holati
va uni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash maqsadida barcha jarohatlanishlar va
qayd qilish, tekshirish, hisobga olish va statistik tahlil usullaridan foydalanilgan.
Natijalari. Olib borilgan tadqiqotlar natijalar shuni koʻrsatdiki, Rossiya va
Oʻzbekiston miqiyosida ishlab chiqarishda yuz beruvchi jarohatlanishlar boʻyicha
statistik ma'lumotlarni ishonarli deb hisoblash mumkin emas, chunki bunda kasb
kasalliklari koʻrsatkich qiymati 1 ga intiluvchi tavsifga ega hisoblanadi. Yakuniy
holatda qayd qilib oʻtish kerakki, baxtsiz hodisalarning berkitilishi masalasi ancha
oldindan mavjud hisoblanadi.
References
Adabiyotlar
1. Minko V.M. Razvitie upravleniya oxranoy truda v Rossii: monografiya //
Kaliningrad: FGBOU VPO «KGTU», 2015. – 191 s.
2. KR-09/177.13.02.2023 yildagi Oʻzbekiston Kasaba Uyushmalari Federasiyasining
mehnat muhofazasiga oid tahliliy axborot xati ma'lumotlari.
3. Oxrana truda. MOT: Nasionalnie sistemi oxrani truda.
https://www.ilo.org/moscow/areas-of-work/occupational-safety-and
health/WCMS_249273/lang--ru/index.htm
4. Turakulova G.Z “Ishlab chiqarish korxonalarida havfsiz mehnatni sharoitlarini
o‘rganish va tavsiyalar ishlab chiqish” Xalqaro ilmiy-amaliy Anjuman
materilalar to ‘plami.:And 2022. 401-403b/
5. Turakulova G.Z “ORGANIZING A SYSTEM OF SAFE WORK IN INDUSTRIAL
ENTERPRISES, ORGANIZING A MANAGEMENT SYSTEM” NamTSI Maxsus
son Nam. 2024.285-289b