DAVLAT XIZMATCHILARI ORASIDA KORRUPSION VAZIYAT OG’IRMI?

Authors

  • Feruza Ro‘ziqulova Author

Abstract

Korrupsiya  insoniyat  tarixida  sivilizatsiya  vujudga  kelgandan  beri  bor.  Ayrim 
tarixiy  manbalarda Qadimgi  Shummer  Akkad podshohligida  vujudga kelgan degan 
taxminlar  mavjud.  Qadimgi  davrdan  boshlab  hozirgi  kungacha  yo’qolish  o’rniga 
toboro  ildiz  otib  borayotgan  bu  illat  anchagini  kuch  to’plagan.  Mamlakatlarning 
tanazzulining asosiy sababalaridan bir ham bu korupsiya hisoblanadi. Shu davrgacha 
yetib kelgan korrupsiyaning ildizlarini sug’urish uni butkul yo’q qilish imkonsiz lekin 
insonlarni  huquqiy  ongini  oshirib  va  turli  huquqiy  normalar  yaratib,  ushbu  illatni 
tarqalishini oldini olish mumkin. Oxirgi yillarda dunyo bo’yicha va Markaziy Osiyo 
davlatlarida  korrupsiyaga  qarshi  kurashish  va  uning  oldini  olish  borasida  turli  hil 
islohotlar  amalga  oshirilmoqda,  shular  qatorida  mamlakatimizda  ham  bir  qator 
islohotlar  amaliyotga  tadbiq  qilinmoqda.  Xususan  hozirgi  kunda  O'zbekistonda 
korrupsiyaga  qarshi  kurashish  muhim  ahamiyatga  ega  sohalardan  biri.  Ta’lim, 
sog’liqni saqlash, huquqni muhofaza qilish va davlat faoliyatining boshqa sohalarida 
amalga oshirilayotgan islohotlarning birinchi bosqichidayoq yo‘l qo‘yilayotgan jiddiy 
qaramaqarshiliklar, qonunchilik bazasining mukammal emasligi, samarali boshqaruv 
siyosatining mavjud emasligining korrupsiyaning kuchayishiga va toboro ildiz otishiga 
sabab bo‘lmoqda. Korrupsiya millat zavoli mavzusi bod bod takrorlansa ham ma’lum 
bir qonun loyhalari yoki tadbirlar amalga oshirilishiga qaramasdan bu illatni butunlay 
jamiyatda  sug’urib  tashlab  bo’lmayapti.  Statistika  ma’lumotlariga  qaraganimizda 
korrupsiya iqtisodiyot rivoji, qulay tadbirkorlik va investitsiya muhiti uchun eng asosiy 
to‘siqlardan biri bo‘lib, bu illat jahon iqtisodiyotiga har yili o‘rtacha 2,6 trillion dollar 
zarar keltiradi. O‘zbekiston ham bu muammodan xalos bo‘lmagan.  

References

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati

Maxsus adabiyotlar:

1- Davlat xizmati. O’quv qo’llanma./ Yusupov S.B.,Isayeva F.B. –

Toshkent: toshkent davlat yuridik universiteti, 2022. – 105 b.

2- Davlat xizmati. O’quv qo’llanma/ E.T.Xojiyev,

G.S.Ismailova,M.A.Rahimova. – Toshkent. Baktria Press, 2015. - 70

Normativ-huquqiy hujjatlar:

1- Prezident farmoni. “O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi

kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” Qonun hujjatlari ma’lumotlari

milliy bazasi, 06/22/154/0524-son)

Ilmiy nashrlar va maqolalar:

1- CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC

RESEARCH jurnali. Maqola nomi: “DAVLAT XIZMATIDA KORRUPSIYAGA

QARSHI MUAMMOLAR” maqola muallifi: Moxichexra Yunusalievna Yuldasheva

2- Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

maqola nomi: “O‘ZBEKISTONDA KORRUPSIYAGA QARSHI

KURASHISHNING SIYOSIY - HUQUQIY MEXANIZMLARI VA CHORA

TADBIRLARI” maqola muallifi: Moxichexra Yunusalievna Yuldasheva

Elektron o‘quv resurslari:

1- https://cyberleninka.ru/search

2- http://lawlibrary.ru/

3- https://lex.uz/ru/docs/-

Published

2025-07-25

How to Cite

Feruza Ro‘ziqulova. (2025). DAVLAT XIZMATCHILARI ORASIDA KORRUPSION VAZIYAT OG’IRMI? . Ta’lim Innovatsiyasi Va Integratsiyasi, 50(1), 10-15. https://scientific-jl.com/tal/article/view/25380