REGIONAL NEFTGAZ TO’PLAMLARINING TASNIFI
Keywords:
Kalit so‘zlar: neftgazgeologik rayonlashtirish, geodinamika, litosfera plitasi, cho’kindi havza, neftgazli provinsiya, geotuzilma, geosinklinal, platforma, Rift vodiysi, protookean, sust – chekka, epiriftogen, orolli yoylar, faol chekka, kollizion, neft va gaz.Abstract
Keyingi yillarda neftgazgeologik rayonlashtirishda olimlar cho’kindi
havzalarining hosil bo’lishi va rivojlanishi tarixini plitalar tektonikasi nazariyasi
asosida o’rganib, ularning geodinamik tasniflarini tuzish bilan chegaralanmoqdalar.
Bunday tasniflar tahlil qilinsa, cho’kindi havzalarining u yoki bu turining misoli
sifatida neftgazli provinsiyalar va oblastlar keltiriladi. Ya’ni bu vaziyatda “cho’kindi
havzalari” va “neftgazli provinsiya” tushunchalari bir-biri bilan tenglashtirilmoqda.
Neftgazgeologik rayonlashning klassik qoidalari cho’kindi havzalarining zamonaviy
sinflanishi bilan o’zgartirilmoqda. Neftgaz hududlarini bu tarzda o’rganish
tadqiqotchini boshi berk kuchaga olib boradi, natijada ilmiy izlanish samarasiz natijalar
beradi.
Binobarin, Yerning geologik tarixini tushuntiruvchi yangi nuqtai nazar paydo
bo’lishi bilan klassik prinsiplarni inkor etish yoki ularni o’zgartirish izlanuvchini
o’rganilayotgan hudud bo’yicha mavhum, tajribalarga asoslanmagan fikr yuritishga
majbur qiladi. Chunonchi yangi nazariya - plitalar tektonikasining ilmga kirib kelishi
muayyan ma’lumotlarni (mavjud geologik tuzilishni) aslo o’zgartirmaydi, aksincha
muayyan makon ma’lumotlari asosida vujudga kelgan nazariya shu makondagi
geotuzilmalar hosil bo’lish jarayonlarini, ularning shakllanishini bilish, aniqlash
imkonini beradi.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Абидов A.A. Дунё нефтгазли ҳудудлари ва акваториялари. Тошкент, Шарқ
2009.
2. Абидов А.А., Эргашев Й., Қодиров М. Нефть ва газ геологияси. Русча-ўзбекча
изоҳли луғат. Тошкент. “Шарқ” 2000.
3. Yarboboyev T.N. Neftgazli komplekslar: litologiya va tabiiy saqlagichlar. Darslik.
Qarshi 2017.
4. Yarboboyev T.N. Usmonov K.M., Axmedov Sh.Sh. Neft va gaz geologiyasi va
geokimyosi. Darslik. Qarshi 2023.
5. Usmonov K.M. Uglevodorod (UV) generatsiyalanish o’choqlarini aniqlash.
Educational Research in Universal Sciences. Volume 3, SPECIAL ISSUE 2,
January, 2024. http://erus.uz/index.php/er/article/view/5771
6. Usmonov K.M. Tog‘ jinslarining kollektorlik (o‘tkazuvchanlik) xossasini
o‘rganish. Educational Research in Universal Sciences. Volume 3, ISSUE 1,
January, 2024. https://doi.org/10.5281/zenodo.10619834